NSD CorporationDasturiy yechimlar jamoasi

NSD Co. Biz raqamli kelajakni quramiz

Biz - New Software Developers (NSD Corporation), zamonaviy IT yechimlar yaratuvchi jamoamiz. Web va mobil loyihalarni texnologiya, dizayn va kod uyg'unligida ishlab chiqamiz. Biz sizning g'oyalaringizni real raqamli mahsulotlarga aylantiramiz.

  • Web sayt va landing page
  • Telegram botlar
  • CRM va biznes avtomatlashtirish
  • Mobil ilovalar

Biz haqimizda

O'zi biz kimmiz?

Yangi avlod dasturchilari jamoasi sifatida biz g'oyalarni real kodga aylantiramiz va biznesingizni raqamli darajaga olib chiqamiz. Har bir loyiha unikal va sifatli bo'lishi kafolatlanadi.

Bajarilgan loyihalar
20+
Web sayt va platformalar
10+
Telegram botlar
7+

Xizmatlar

Bizning Xizmatlar

Biz sizning biznesingiz uchun eng zamonaviy texnologik yechimlarni taklif etamiz

  1. Web sayt va landing page

    Biznesingiz uchun maxsus dizayn va funksiyalarga ega saytlar, landing page va web-platformalar ishlab chiqamiz.

  2. Telegram botlar

    Savdo, buyurtma, test va ovoz berish uchun botlar — admin panel va real vaqtdagi statistika bilan.

  3. CRM va biznes avtomatlashtirish

    Savdo, ombor, mijozlar, qarzdorlik va moliyani yagona tizimda boshqarish: hisobotlar, avtomatik bildirishnomalar, printer va skaner integratsiyasi.

  4. Mobil ilovalar

    iOS va Android uchun tezkor va qulay ilovalar ishlab chiqamiz — onlayn savdodan tortib xizmat platformalarigacha.

  5. UI/UX dizayn

    Figma'da foydalanuvchi yo'li, prototip va dizayn tizimini tayyorlaymiz va ularni ishga tushirishgacha olib boramiz.

  6. Tizim optimizatsiyasi va IT konsultatsiya

    Mavjud tizimlarning tezligi va xavfsizligini oshiramiz, biznesni raqamlashtirish bo'yicha maslahat beramiz.

Mahsulot / E-System

Butun biznes. Bitta tizim.

E-System — NSD Corporation jamoasi ishlab chiqqan modulli ERP platforma. Savdo, mijozlar, ombor va moliya bitta tizimda bog'langan holda ishlaydi.

E-System

Modulli ERP platforma

Tarqoq jadvallar va alohida dasturlar o'rniga bitta ish maydoni. Kerakli modullardan boshlaysiz, biznes o'sgani sari yangilarini yoqasiz.

modul
17
bepul sinov
14 kun
yillik to'lovda tejov
15%
  • CRM Lidlar, bitimlar va mijoz tarixi
  • Ombor Qoldiq, rezerv va inventarizatsiya
  • Savdo Taklif, buyurtma va narxlar
  • Moliya To'lov, xarajat va byudjet
  • HR Xodimlar, davomat va KPI
  • Analitika Dashboard, funnel va eksport

Yana 11 ta modul: POS, E-commerce, Xarid, AI Copilot va boshqalar

E-System boshqaruv paneli: savdo tahlili, buyurtmalar va savdo kanallari

Loyihalar

Bizning loyihalar

Biz ishlab chiqqan real raqamli mahsulotlar va biznesga moslangan tizimlar.

Savdo, ombor, mijozlar va moliyaviy jarayonlarni yagona platformada boshqarish uchun CRM tizimi. Dastlab Asaka tumanidagi Balon Center avto qismlar do'koni uchun ishlab chiqilgan. BCRM 2.0 da kengaytirilgan hisobot va analitika, xodim va administrator rollari, printer, chek va skaner integratsiyasi hamda Telegram bildirishnomalari bor. Noutbuk, planshet va telefonda ishlaydi — kichik do'kondan filialli korxonagacha mos.

  • CRM
  • Web
  • Analytics
  • Telegram
  • POS

Qurilish materiallari va mebel savdosi bilan shug'ullanuvchi Stroybaza №1 uchun web-sayt, Android va iOS ilovalardan iborat onlayn xarid tizimi. Do'kon sotuv bo'limi endi 24/7 ishlaydi. Mijozlar admin bilan chat orqali bog'lanadi, muddatli to'lov va Click/Payme orqali xarid qiladi, bonus va cashback oladi. Loyihada yechim arxitekturasi, ombor logikasi, to'lov tizimlari va Telegram bot integratsiyasi amalga oshirildi.

  • Web
  • Android
  • iOS
  • Click
  • Payme
  • Telegram bot

O'zbekiston turizmi uchun platforma: interaktiv xaritada lokatsiyalar, tarixiy obidalar haqida ma'lumot, sayohat yo'nalishlarini rejalashtirish va viloyatlar kesimida ko'rish. Platformaning barcha imkoniyatlari @geotouruzbot Telegram botida ham mavjud.

  • Web
  • Interactive map
  • Telegram bot
  • Responsive

Xorijda o'qishni rejalashtirayotgan talabalar uchun consulting platformasi: turli davlatlardagi universitetlar, ofis va lokatsiyalar, onlayn uchrashuv belgilash, yangiliklar va tadbirlar. UZ/EN tillarida ishlaydi, kontent dinamik admin panel orqali boshqariladi.

  • Web
  • Booking
  • UZ/EN
  • Admin panel

Qurilish va ta'mirlash xizmatlari uchun onlayn marketplace: buyurtma joylash, tajribali ustalarni topish, telefon yoki Telegram orqali bog'lanish, sharh va reytinglarni ko'rish. Qidiruv, filtr va aloqa jarayonlari soddalashtirildi, captcha va xavfsizlik tizimlari qo'shildi.

  • Web
  • Marketplace
  • Responsive
  • Security

Avtomobil egasiga telefon raqamini oshkor qilmasdan tezkor va anonim xabar yuborish platformasi. Mashinangiz to'sib qo'yilganda yoki xavfli parkovkada QR-kod yoki davlat raqami orqali egasi bilan bog'lanasiz. App Store va Google Play'da mavjud.

  • iOS
  • Android
  • QR
  • Messaging

Litsey uchun rasmiy sayt: ta'lim yo'nalishlari, yangiliklar va e'lonlar, tadbirlar, onlayn ariza va UZ/RU/EN tillari. Saytdan so'ng ma'muriyat uchun CRM ham ishlab chiqildi: o'quvchilar va guruhlar bazasi, kunlik va saf davomati, intizom reytingi va sertifikatlar, ovqatlanish ro'yxatlari hamda barcha ko'rsatkichlar bitta dashboard'da.

  • Web
  • CRM
  • UZ/RU/EN
  • Dashboard

Viloyat taksistlari uchun mijoz topish ilovasi: 25 dan ortiq guruhdan yo'lovchilarni yig'adi, yo'nalish bo'yicha tahlil qiladi va avtomatik qo'ng'iroq qiladi. Jarayon Telegram bot orqali nazorat qilinadi. Tizimda kuniga o'rtacha 500–1000 tagacha real yo'lovchi bor.

  • Mobile app
  • Telegram bot
  • Automation

Maher.uz do'koni uchun brendga mos CRM: sotuvlarni tez rasmiylashtirish, ombor qoldiqlari nazorati, kirim-chiqim va daromad bo'yicha to'liq buxgalteriya, real vaqtdagi statistika va hisobotlar.

  • CRM
  • Web
  • Accounting
  • Analytics

BaxodirovMarket MCHJ do'konida sotuv jarayonini nazorat qilish uchun CRM: qulay interfeys, yuqori tezlik, do'kon qurilmalari bilan to'liq integratsiya va tushunarli statistika paneli.

  • CRM
  • POS
  • Analytics

Andijon viloyatidagi 10-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati uchun rasmiy sayt: ta'lim yo'nalishlari, yangiliklar va yutuqlar, onlayn ariza. Barcha qurilmalarga to'liq moslashtirilgan, kontent dinamik boshqariladi.

  • Web
  • Responsive
  • CMS

Turon Ta'lim o'quv markazi uchun landing page: markaz faoliyati va yo'nalishlari, o'qituvchilar va kurslar, onlayn test orqali kursga qabul hamda IELTS mock testlariga yozilish.

  • Landing page
  • Online test
  • UI/UX

Milliy sertifikat va DTM testlariga tayyorlanish uchun Telegram bot: turli fanlardan testlar, shaxsiy statistika, reyting va har bir savol bo'yicha javob tahlili.

  • Telegram bot
  • EdTech
  • Analytics

Kod yozmasdan, bir necha qadamda o'z brendingiz ostida kino botini ishga tushirish platformasi. Kino va videolarni joylash oson, har bir foydalanuvchi o'z botini mustaqil boshqaradi.

  • Telegram bot
  • SaaS
  • Constructor

“Zo'r Market” MCHJ uchun Telegram bot: kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini buyurtma qilish, kategoriyalar bo'yicha ko'rish, narx va mavjudlikni real vaqtda tekshirish hamda yetkazib berish.

  • Telegram bot
  • E-commerce
  • Delivery

Tarix fanidan Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun Telegram bot: testlar, natijalar statistikasi, foydalanuvchilar reytingi va har bir test bo'yicha batafsil tahlil.

  • Telegram bot
  • EdTech

O'quvchilar olimpiadasini raqamlashtiruvchi Telegram bot (dastlab “Yangi Innovatsion Avlod Olimpiadasi” uchun): olimpiada haqida ma'lumot, fanlar bo'yicha ishtirok, natijalarni kuzatish, sertifikat va mukofotlar. Admin panelga real vaqtda ulangan.

  • Telegram bot
  • EdTech
  • Admin panel

Mashhur trenerlarning video darslari va har bir foydalanuvchi uchun shaxsiylashtirilgan fitnes dasturlari jamlangan onlayn platforma. Istalgan joydan qulay foydalanish mumkin.

  • Web
  • Video
  • Personalisation

Insight o'quv markazi uchun sayt: markaz yo'nalishlari va kurslari, xalqaro va milliy sertifikatlarga tayyorlov haqida ma'lumot va kursga yozilish.

  • Web
  • Landing page

Renesans o'quv markazi uchun sayt: UI/UX dizayn Figma'da, frontend va backend jamoamiz tomonidan ishlab chiqilgan.

  • Web
  • Figma
  • Frontend
  • Backend

CWK o'quv markazi uchun sayt: Figma'dagi UI/UX dizayn, frontend va backend hamda loyiha boshqaruvi — to'liq jamoamiz tomonidan.

  • Web
  • Figma
  • Frontend
  • Backend

“Eng namunali o'quvchi” tanlovi uchun ovoz berish boti. Ovozlar shaffof hisoblanadi va real vaqtda kuzatiladi, foydalanuvchi ma'lumotlari uchinchi shaxslarga berilmaydi.

  • Telegram bot
  • Voting

Ariza qoldirish

Savollaringiz qoldimi?

Har qanday loyiha, hamkorlik yoki xizmat bo'yicha savollaringizni bemalol yuboring. Biz doim aloqadamiz.

Loyihalar